"Manchester Yunayted" Stouns kelishuviga Evansni qo'shmoqchi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2015
"Manchester Yunayted" himoyachisi Jonni Evans tez orada "Everton" futbolchisiga aylanishi mumkin.

MYU klub rahbariyati oldingidek Jon Stounsni xarid qilishga umid bildiryapti va kelishuvning bir qismi sifatida Jonni Evansni "Everton"ga berishga tayyor.

21 yoshli Stounsga "Chelsi" ham qiziqish bildiryapti. Ma'lumotlarga ko'ra, "Everton" ko'klarning 28 mln. evro va 36,5 mln. evrolik takliflariga rad javobini berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com