"Manchester Yunayted" so'nggi 16 o'yinda nechta g'alabaga erishganini bilasizmi?

Mirjalol Normatov
1 sen 2019, 10:44
"Manchester Yunayted" kecha APLning 4-turi doirasida "Sautgempton" maydonida durang o'ynadi.

Qayd etish kerak, Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari so'nggi 16 o'yinda atigi 3 marta g'alabaga erishishdi holos. YCHL doirasida PSJ mag'lub etilganidan keyin "Yunayted" APL doirasida "Vest Xem", "Uotford" hamda "Chelsi"ni mag'lub eta olishdi.

Qolgan 13 bahsda mankunianliklar "Arsenal", "Vulverxempton" (3), "Barselona" (2), "Everton", "Manchester Siti", "Chelsi", "Xaddersfild", "Kardiff Siti", "Kristal Pelas" va "Sautgempton" kabi klublarni mag'lub eta olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia