"Manchester Yunayted" Sancho borasida "Borussiya" bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2021, 23:13
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Jeydon Sancho faoliyatini APLda davom ettiradi.

"Bild" xabariga ko'ra, nemis klubi "Manchester Yunayted"ning taklifiga rozilik bergan. Unga ko'ra, transfer summasi 85 mln evroni tashkil qilsa, yana 10 mln evro bonuslar tarzida taqdim qilinishi mumkin.

Sancho MYU bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi va bu Evrodan keyin e'lon qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild