"Manchester Yunayted" Ronalduni U-21 jamoasiga jo'natib yuboradi

Mirjalol Normatov
20 noya 2022
Agarda kyetishi borasida kelishuvga erisha olmasa, "Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduni yoshlar jamoasiga jo'natib yuboradi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, klubdagilar 37 yoshli futbolchi qarorlarga bo'ysunishi kerak deb hisoblamoqda. Aks holda klub uni U21 jamoasiga jo'natib yuboradi.

Agarda futbolchi keyingi 7 oylik maoshidan voz kechishga tayyor bo'lsa, klubdagilar Ronaldu bilan shartnomani bekor qilish borasid muzokaralarni boshlashga tayyor turibdi. Ayni damda portugaliyalik forvard MYUda haftasiga 500 ming funt maosh olmoqda.

Hozir MYUdagilar Ronalduning Erik ten Xag jamoasida kelajagi yo'q deb hisoblamoqda. Qishki transferlar oynasiga qadar klub barchasini hal qilish niyatida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph