

Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Unga ko'ra, klubda bu masala muhokama qilinmayapti.
Avvalroq 37 yoshli portugaliyalikning o'zi "Manchester Yunayted" bilan hamkorlikni to'xtatmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh murabbiy Erik ten Hag bunga xalaqit bermaydi, uning hujumchi bilan munosabatlari yomonlashgan.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Tottenxem" bilan o'yindan keyin 720 ming funt (2 haftalik maoshi) jarimaga tortilgan edi.



