Manchester Yunayted PSJ futbolchisiga 45 million evro to'lashga tayyor

Khoja
28 iyun 2024, 11:04
Manchester Yunayted markaziy yarim himoyani kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Inglizlar PSJ yarim himoyachisi Manuel Ugartega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular urugvaylik futbolchi uchun parijliklarga 45 million evro to'lashga tayyor.

Ma'lumot uchun, Manuel Ugarte PSJga o'tgan yilning yozida ko'chib o'tgan. U yakunlangan mavsumda 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta golli uzatma bor.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com