"Manchester Yunayted" Mukielega qiziqmoqda

Alisher
27 sen 2021
"RB Leyptsig" futbolchisi Nordi Mukieleni "qizil iblislar" o'z tarkiblarida ko'rishmoqchi.

"Buqalar" qanot himoyachisi tez orada klubini o'zgartirishi mumkin. MYU futbolchini Aaron Van-Bissakaga o'rinbosar sifatida o'z tarkibiga jalb qilishi mumkin.

Agar manchesterliklar rostdan ham Mukielening transferini amalga oshirishsa, "Old Trafford"ni portugaliyalik Diogu Dalot tark etishi mumkin.

23 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsum "Leyptsig" tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes