"Manchester Yunayted" mag'lubiyatlar soni bo'yicha klub antirekordini yangiladi

Alisher Ostonov
17 may 2025, 11:17
"Manchester Yunayted" kecha APLning 37-turida "Chelsi"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Unda londonliklar 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ruben Amorim jamoasi uchun bu mag'lubiyat joriy mavsum chempionatdagi 18-si bo'ldi. Bu 1992/93 yilgi mavsumdan beri klubning yangi antirekordi hisoblanadi.

MYU APL turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Jamoa avvalroq Yevropa Ligasi finaliga chiqqan edi. Agar turnirda zafar quchsa, "Manchester Yunayted" kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia