

"Ruben 2024 yilning noyabr oyida tayinlangan va may oyida jamoani Bilbaoda bo'lib o'tgan UEFA Yevropa Ligasi finaliga olib chiqqandi.
"Manchester Yunayted" Premer-ligada oltinchi o'rinni egallab turgani sababli, klub rahbariyati murakkab qarorga to'xtaldi va o'zgarish qilish vaqti kelganini bildirdi. Bu qaror jamoaga Premer-ligada imkoni boricha yuqori o'rinni egallash uchun yaxshiroq imkoniyat beradi deb hisoblanmoqda.
Klub Rubenga qo'shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi va kelgusi faoliyatida unga omad tilaydi.
Darren Fletcher chorshanba kuni "Byornli"ga qarshi o'yinda jamoani boshqaradi", – deyiladi bayonotda.
Avalroq jamoani mavsum so'ngiga qadar Darren Fletcher boshqarishi haqida xabar berilgan edi.



