

"Qizil iblislar" rahbariyati tajribali futbolchiga 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishmoqchi.
Qayd etish kerakki, Kavanining xizmatlariga "Boka Xuniors" qiziqish bildirmoqda. Argentina klubi 34 yoshli futbolchiga 2023 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Edinson joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.



