"Manchester Yunayted" Kavaniga katta maosh taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
9 may 2021, 16:51
"Manchester Yunayted" rahbariyati hujumchi Edinson Kavanini tarkibda saqlab qolmoqchi.

"The Sun" xabaria ko'ra, mankunianliklar forvardga yana bir mavsumlik shartnoma va haftasiga 250 ming funt maosh taklif qilmoqda.

Ushbu mavsumda erkin agent sifatida kelgan Kavani MYU tarkibida 34 o'yinda qatnashib, 14 gol va 5 assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.

Futbolchining o'zi esa 26 may kungi Yevropa ligasi finalidan keyin klub bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun