"Manchester Yunayted" Kavani bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2021, 01:48
MYU bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher hujumchi Edinson Kavanining kelajagi haqida gapirdi.

"Kavani qoyilmaqom o'ynayapti, u jamoaga yaxshi qo'shilib ketdi va meni hayratda qoldirdi. Albatta, yaqin orada biz u bilan kelajakdagi rejalarimizni muhokama qilamiz. Biz uning hozirgi holatidan mamnunmiz", – dedi Sulsher.

Kavani "Manchester Yunayted"ga 2020 yil oktyabr oyida ko'chib o'tgandi. U bilan "1+1" tizimida shartnoma imzolangan.

Ma'lumot uchun, urugvaylik forvard ushbu mavsumda 24 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com