"Manchester Yunayted" himoyachisi jarohat tufayli 3-4 haftani o'tkazib yuboradi

21 okt 2020, 21:37
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Erik Bayining jarohati haqida ma'lumot berdi.

Ivuarlik himoyachi "Nyukasl" (4:1) bilan bahsda zahirada qolgan, PSJga (2:1) qarshi o'yin uchun Parijga olib ketilmagan edi.

Sulsherning so'zlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi noyabr oyida bo'ladigan FIFA  kunlaridan keyin safga qaytadi.

Shunday qilib, Bayi 3-4 haftani maydon tashqarisida o'tkazib yuboradi va "Chelsi", "Arsenal", "Everton", "Leyptsig" va "Istanbul"ga qarshi o'yinlarda ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: manutd.com