"Manchester Yunayted" Garnacho bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
28 apr 2023, 20:31
Vinger Alexandro Garnacho "Manchester Yunayted" bilan shartnomani uzaytirdi.

Yangi shartnoma 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.

18 yoshli yigitcha 2020 yilda mankunianliklar tarkibiga kelib qo'shilgandi. U asosiy jamoa tarkibida 31 o'yinda maydonga tushib, 4 gol va 5 assist qayd etdi.

Oldinroq futbolchiga "Real" va "Atletiko" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com