"Manchester Yunayted" Fernandeshga yaxshilangan shartnoma tayyorlamoqda

Mirjalol Normatov
15 avg 2021, 15:35
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Brunu Fernandesh bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, tomonlar kelasi haftada muzokaralar olib boradi. Portugaliyalik bilan 5 yillik shartnoma imzolanishi bilan birga, uning maoshi oshirilishi kutilmoqda.

Fernandesh 2020 yilning yanvarida "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga 50 million evro evaziga o'tgandi. Kecha u "Lids"ga qarshi o'yinda xet-trik muallifiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira