"Manchester Yunayted" Erik ten Xag bilan kelishib oldi. Shartnoma to'rt yilga tuziladi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2022, 23:48
MYU keyingi mavsumni yangi murabbiy bilan boshlashga yaqin.

"Manchester Yunayted" klubi "Ayaks" ustozi Erik ten Xag bilan o'zaro kelishib olishdi. Murabbiy mavsum yakunlangach ingliz klubi ustoziga aylanadi. Bu haqida The Athletic nashri xabar bermoqda. 

"Ayaks" vaziyatdan xabardor. Ammo niderland klubi bilan kompensaciya masalasida hali kelishilgani yo'q. 

Ma'lum qilinishicha, MYU va ten Xag o'rtasidagi kelishuv to'rt yilga mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Athletic