"Manchester Yunayted" Dyumfrisni nishonga oldi

Alisher Ostonov
20 dek 2025
"Inter"ning 29 yoshli niderlandiyalik himoyachisi Denzel Dyumfris uchun "Manchester Yunayted”, "Aston Villa" va “Nyukasl" klublari kurash olib bormoqda.

Yaqinda to'pig'idan olgan jarohatiga qaramay, APL klublari futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Insayderlar ma'lumotiga ko'ra, inglizlar Dyumfris bahorda jarohatidan forig' bo'lgach, uni kuzatib bormoqchi. Yozda voqealar ijobiy rivojlansa, shartnoma taklif qilish ko'zda tutilgan.

Dyumfris 2021 yildan beri "Inter"da o'ynamoqda. Himoyachi bu mavsumda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk