"Manchester Yunayted" Chempionshipdagi futbolchiga qiziqmoqda

Alisher
28 okt 2019, 14:33
"Manchester Yunayted" "Lids" yarim himoyachisi Kalvin Fillipsga qiziqmoqda.

23 yoshli ingliz futbolchisi joriy mavsum "Lids" tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishgan.

Kalvin Fillips asosan tayanch yarim himoyachi rolida harakat qiladi.

Futbolchi "Lids" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u 2014 yilda asosiy jamoada debyut qilgan.

Transfermarkt futbolchini 11 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun