Mourinyo Konteni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2018, 20:58
Angliya premer-ligasi 28-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Chelsi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Markaziy o'yinda dastlab hisobni mehmonlar ochishdi. Eden Azarning pasidan so'ng Villian yaqin masofadan De Xeaga imkoniyat qoldirmadi - 0:1. Birinchi taym oxirida Lukaku jarima maydoni ichidan hisobni tenglashtirdi.

Tanaffusdan so'ng Mourinyo zaxiradan maydonga tushirgan Lingard Lukakuning pasidan so'ng boshi bilan Kurtua qo'riqlayotgan darvozaga gol urdi - 2:1.

Yakunda ushbu gol "qizil iblislar"ga irodali g'alaba keltirdi.


Angliya chempionati

28-tur

Manchester Yunayted – Chelsi 2:1
Gollar:
0:1 – 32 Villian, 1:1 – 39 Lukaku, 2:1 – 75 Lingard.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Valensiya, Maktomini, Yang, Pogba, Matich, Sanches (Bayi, 81), Marsyal (Lingard, 64), Lukaku.
Chelsi –    Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Jiru, 78), Villian, Kante, Azar (Pedro, 73), Drinkuoter (Fabregas, 81), Alonso, Morata.
Ogohlantirishlar: Kante (30), Valensiya (68), Matich (85), Morata (88).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia