"Manchester Yunayted" "Bordo" vingeri uchun 30 mln funt to'lashga tayyor

Tolibjon Qosimov
19 dek 2017, 20:04
"Manchester Yunayted" qishda "Bordo" vingeri Malkomni xarid qilishi mumkin.

Buni "Sky Sports" tasdiqladi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, ingliz klubi 20 yoshli braziliyalik uchun 30 million funt sterling to'lashga tayyor. Shuningdek, o'yinchiga PSJ ham qiziqish bildirgan.

Joriy mavsum Malkom barcha musobaqalarda 19ta o'yin o'tkazdi va 7ta gol urib, 5ta golli pas oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports