"Manchester Yunayted" "Bolonya" hujumchisini qo'lga kiritmoqchi

Оқил Абдубарноев
8 avg 2022, 01:53
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Bolonya" hujumchisi Marko Arnautovichni tarkibga qo'shib olmoqchi.

Italiya klubi o'z futbolchisi uchun "qizil iblislar"dan 15 mln evro talab qilmoqda, ammo MYU hujumchi uchun 10 mln evro atrofidagi mablag'ni to'lashga tayyor va u bilan uch yillik shartnoma imzolamoqchi. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli futbolchi o'tgan mavsum A Seriyada 14 ta gol urdi. Klub "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovni ham o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: 90min