"Manchester Yunayted" bir yo'la uch futbolchisiga yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
19 sen 2019, 15:26
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Pol Pogba va yana ikki futbolchini jamoada olib qolmoqchi.

"Qizil iblislar" Pogbaga yangi shartnoma taklif qilish bo'yicha ishlarni boshlab yuborishgan.

Fransiyalik xavbek yozda klubini o'zgartirmoqchi edi, ammo MYU boshqa klublardan aniq bir taklif qabul qilmadi.

Pogbaning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yil iyunga qadar amal qiladi.

"Yunayted" xo'jayinlari shuningdek Jessi Lingard va Meyson Grinvudlar bilan ham yangi shartnoma imzolashmoqchi.

Oldinroq, jamoa himoyachisi Viktor Lindelyof MYU bilan shartnomasini uzaytirgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: standard.co.uk