"Manchester Yunayted" "Bayer" himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
17 noya 2023
"Bayer" himoyachisi Jonatan Ta "Manchester Yunayted" qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

"Qizil iblislar" futbolchini yanvar oyidayoq sotib olmoqchi. Transferning ehtimoliy narxi 20 million funt sterling bo'lishi taxmin qilinmoqda. "Nyukasl" va "Vest Xem" ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgani haqida ma'lumot bor.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Manchester Yunayted" "Benfika" yarim himoyachisini kuzatmoqda. Skautlar "Sporting"ga qarshi o'yinni stadiondan tomosha qilgani haqida xabar bergandik.   


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal