"Manchester Yunayted" Angliya terma jamoasi yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher Ostonov
14 sen 2025, 11:58
"Manchester Yunayted" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Andersonga e'tibor qaratdi.

Qayd etilishicha, ingliz klubi yarim himoyachilardan birini qishda, ikkinchisini esa yozda o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. "Qizil iblislar" 22 yoshli futbolchiga havas qilayotgan bo'lsa-da, uni o'z safiga qo'shib olish oson emasligini tushunib turibdi. "Brayton" futbolchisi Karlos Baleba hamon "Manchester Yunayted"ning orzusi bo'lib qolmoqda, ammo futbolchi qishda "chaykalar" safini tark etishini ko'pchilik kutmayapti.

Elliot Anderson Angliya terma jamoasi safida ikkita o'yin o'tkazdi va ularda gol ura olmadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 32 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk