"Manchester Yunayted" 35 yoshli darvozabon bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi

Mirjalol Normatov
29 iyun 2018, 10:38
"Stok Siti"ning 35 yoshli posboni Li Grant "Manchester Yunayted" bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Grant ertaga "Stok Siti" bilan shartnomasi yakunlanadi va erkin agentga aylanadi. U "Manchester Yunayted"da uchinchi darvozabon bo'ladi.

"Yunayted"ning yosh darvozaboni Din Xenderson esa "Sheffild"ga ijaraga berilgan, Joel Pereyra ham yaqin orada boshqa jamoaga o'tadi. Sem Jonston esa "Aston Villa" darvozaboni bo'lib turibdi. Ularning barchasi ijarada to'p surmoqda.

Grant 2016 yilning oktyabr oyida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda harakat qilgan va bahsning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph