"Manchester Yunayted" Yanuzayni ijaraga berib yuborishi mumkin

Narzulla Saydullayev
21 avg 2013, 18:40
"Manchester Yunayted" eng iqtidorli yosh futbolchilardan biri bo'lgan Adnan Yanuzay bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishga yaqin.
18 yoshli belgiyalik futbolchi asta sekinlik bilan "qizil iblislar" asosiy jamoasida o'z o'rnini mustahkamlab bormoqda.

Yosh, mahoratli ushbu yarim himoyachini "Yuventus", "Barselona" va "Bavariya" klublari o'z safida ko'rishni istamoqda. Biroq manchesterliklar murabbiylar shtabi futbolchiga ishonishmoqda va uzoq muddatli shartnoma tuzishmoqchi. 
 
Shartnomasini uzaytirganidan keyin "Yunayted" Yanuzayni doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun bir mavsumga ijaraga berib yuborishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru