"Manchester Siti"ning muhim futbolchilaridan biri "Liverpul"ga qarshi bahsda qatnashmaydi

Aslanov Jasurbek
4 noya 2019, 18:11
APLning 12-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldin "Manchester Siti" yarim himoyachisi David Silva safdan chiqdi.

"The Mirror" xabariga ko'ra, 11-turda "Sautgempton"ga qarshi o'yin vaqtida futbolchi mushaklaridan jarohat olgan. Shu boisdan u 6 noyabrda "Atalanta" va 10 noyabr kuni "Liverpul"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.

Ushbu mavsumda xavbek APLning 11 o'yinda 3 gol urib, 4 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror