“Manchester Siti”ga “Ayaks” futbolchisi kerak

Aslanov Jasurbek
26 dek 2020, 09:50
Ushbu transferni shaxsan Gvardiola xohlamoqda.

“Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola klub rahbariyatidan “Ayaks” chap qanot himoyachisi Nikolas Talyafikoni sotib olishni so'radi. Argentinalik himoyachiga bir qator grand klublar ko'z tikib kelmoqda. “Ayaks” futbolchisi bilan 28 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor. “Siti” rahbariyati ushbu transferni amalga oshirishga tayyor. Faqat buning uchun jamoani Aleksandr Zinchenko tark etishi lozim. Agar ukrainalik futbolchi klubda qolsa, u holda mazkur transfer amalga oshmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football24