

“Ha, xotirjam tarzda penaltilarni tepishga rozilik bildiraman. Nima uchun yo'q ekan? Ammo penalti tepish ko'proq hujumchilar uchun zarur deb o'ylayman. Bu menga kuchli ta’sir qilmaydi. Biroq tepish kerak bo'lsa, bunga tayyorman. Murabbiylar shtabining qarori esa aniq”, - deydi Kevin de Bryuyne.
Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoada penalti tepishni hal qilmasligini, futbolchilar bu borada o'zlari qaror qilishini aytgandi.



