"Manchester Siti" yosh futbolchilar transferi qoidasini buzganlikda shubhalanmoqda

Aslanov Jasurbek
21 sen 2017, 18:45
FIFA yosh futbolchilarning transferida qoidabuzarlikka yo'l qo'yishga uringan klublarni aniqlash borasida tekshiruv ishlarini o'tkazmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda "Chelsi" va "Manchester Siti" shubha ostida.

Mayda Premer-liga "shaharliklar"ni xuddi shu ish bo'yicha jazolagan edi. Klub 338 ming funt jarimaga tortilgan va akademiya futbolchilari bilan shartnoma tuzishga taqiq olgan.

"Chelsi"dagilar esa barcha ayblovlarni rad etishmoqda va tekshiruvlar natijasida hech narsa aniqlanmasligiga ishonishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC