"Manchester Siti" yanvarda portugaliyalik futbolchi uchun 120 mln evro taklif qiladi

Alisher
6 noya 2022, 14:34
"Milan" hujumchisi Rafael Leau qishki transfer oynasida "Manchester Siti" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Angliya klubi 23 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 120 million evro taklif qilishga tayyor, uning maoshi esa 10 million evroni tashkil etadi.

Leau "Milan"ga 2019 yilning avgustida kelgan va italyan klubi safida 133ta o'yinda 33ta gol va 30ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb