"Manchester Siti" yangi futbolchi jamoa safiga kelib qo'shilganini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2025, 19:18
Klub 19 yoshli yarim himoyachi klub ixtiyoriga kelib qo'shilganini ma'lum qildi.

Yarim himoyachi Klaudio Echeverri Janubiy Amerika U-20 chempionatidan so'ng "Manchester Siti" tarkibiga kelib qo'shildi.

19 yoshli xavbek musobaqaning ikkinchi eng yaxshi to'purari nomiga sazovor bo'ldi. U 9 o'yinda 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Argentina terma jamoasi esa kumush medalga ega chiqdi.

Futbolchi "shaharliklar" bilan 2024 yilning yanvar oyida shartnoma imzolagan, lekin ijara huquqi asosida "River Pleyt"da qolgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mancity.com