"Manchester Siti" yana bir rekord o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
4 avg 2019, 23:13
Xabaringiz bor, bugun Manchester Siti Angliya Superkubogida Liverpul ustidan zafar (1:1, pen: 5-4) quchib, bosh sovrin egasiga aylandi.

Shaharliklar uchun mazkur titul 2019 yildagi to'rtinchisi bo'ldi. Shu tariqa, Pep Gvardiola shogirdlari bunday natijaga erishgan Angliya futboli tarixidagi ilk klubga aylandi.  

Yil boshi, yani, fevral oyida manchesterliklar Liga Kubogining finalida Chelsini (0:0, pen: 3-4) mag'lub etib, musobaqa g'olibi bo'lishdi. Keyin esa mayda, avvaliga APLda (98 ochko bilan) zafar quchishgan bo'lsa, so'ng, Kubokning hal qiluvchi o'yinida Uotfordni yirik hisobda (6:0) taslim etib, bosh sovrin egasiga aylanishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta