

"Athletic" xabariga ko'ra, "Manchester Siti" yozgi transferlar oynasi vaqtida bir necha futbolchilarini sotib yuboradi.
Qayd etilishicha, ro'yxatda Gabriel Jezus, Nikolas Otamendi va Benjamen Mendi kabi futbolchilar o'rin olgan. Klubdagilar ushbu futbolchilarning o'yinlaridan mamnun emas va shu boisdan ular transferga qo'yilgan.
Transfyerdan tushgan mablag' esa markaziy hujumchi va markaziy himoyachi olishga ishlatiladi.
Ayni damda "Siti"ning e'tibori "Lester" himoyachisi Chaglar Seyonjuda bo'lmoqda.



