"Manchester Siti" "Styaua"ga qarshi mehmondagi o'yinga Yaya Tureni olib kyetmadi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2016, 16:41
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture jamoaning boshqa futbolchilari bilan Ruminiyaga uchib kyetmadi.

16 avgust kuni "shaharliklar" Chempionlar ligasi saralash bosqichida "Styaua" mehmoni bo'ladi. Ture turnirning bu bosqichi uchun "Siti" qaydnomasiga kiritilgan, ammo murabbiylar shtabi uni birinchi uchrashuvga olib ketmaslikka qaror qildi.

Ture "Sanderlend"ga qarshi APLning 1-tur bahsida ham ishtirok etmagan edi. Taxminlarga ko'ra, klub yarim himoyachini sotib yubormoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal