"Manchester Siti" Sterlingga katta shartnoma taklif qildi

Alisher
19 mar 2020, 15:33
"Manchester Siti" rahbariyati vinger Rahim Sterling bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Qayd etish kerakki, "Manchester Siti" xo'jayinlari Sterlingga bir mavsum uchun 20 million evro to'lashga tayyorlar.

Shunga o'xshash shartnoma Kevin De Bryuynega ham taklif qilingan.

Rahim Sterling tez orada "shaharliklar" bilan 2024 yilning o'rtalariga qadar amal qiladigan shartnoma imzolaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football24.ru