"Manchester Siti" Rodri bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
19 mar 2022, 12:13
"Manchester Siti" yarim himoyachi Rodri bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

"Shaharliklar" 25 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan yangi bitimni tez orada muhokama qilishni boshlaydi.

"Manchester Siti" shuningdek 36 yoshli Fernandinoga transfer bozorida o'rinbosar izlashni boshlab yubordi.

Rodri 2021/22 yilgi mavsum "Manchester Siti" tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph