Rasman: "Manchester Siti" navbatdagi transferni e'lon qildi

Administrator
11 iyun 2025
Klub bu xaridga taxminan 40 mln evro sarfladi.

Rayan Sherki "Manchester Siti" safiga qo'shildi. Angliya klubi "Lion" yarim himoyachisining transferi haqida rasman e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladilar.

Francuz tomonning ma'lum qilishicha, kelishuv qiymati 36,5 million evroni tashkil etgan, yana 6 millioni bonus sifatida to'lanishi mumkin. Bundan tashqari, "Lion" futbolchining keyingi transferidan tushgan mablag'ning 15 foizini oladi.

Rayan Liga 1'ning o'tgan mavsumida 30 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: mancity.com