
"Shaharliklar" rahbariyati Milnerning haftalik maoshini 130 ming funtdan 160 ming funtgacha ko'tarishga tayyor. Oldinroq Jeyms "Arsenal" va "Liverpul" bilan muzokara olib borayotgani ma'lum qilingan edi.
Milner joriy mavsumda Premer-liganing 31ta uchrashuvida maydonga tushdi va 6ta golli pas berib, 5ta golga mualliflik qildi.