"Manchester Siti" Lautaro Martines uchun kurashga qo'shildi

Alisher
4 dek 2019, 11:05
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines APLga yo'l olishi mumkin.

Bu haqda taniqli italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

"Manchester Siti" "Barselona" bilan Lautaro Martines uchun kurashmoqchi.

"Shaharliklar" Martinesni 111 million evro evaziga qo'yib yuborish borasidagi bandni faollashtirishga tayyor.

Martines joriy mavsum "Inter" safida, A Seriyada 14ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com