"Manchester Siti" "Kristal Pelas" darvozaboniga da'vogarlik qiladi

23 dek 2019, 22:52
Guaita "shaharliklar"ning ikkinchi darvozaboniga aylanishi mumkin.

"Kristal Pelas" darvozaboni Visente Guaita yanvar oyida jamoani tark etishi mumkin. 32 yoshli ispaniyalik futbolchi "Manchester Siti"ning ikkinchi darvozaboniga aylanishi taxmin qilinmoqda. Chunki hozir bu vazifani bajarib turgan Klaudio Bravo Chiliga qaytishga qaror qilgan.

Janubiy London klubi Guaita qishda jamoani tark etishiga qarshi, jamoa rahbariyati darvozabon bilan shartnomani uzaytirishga urinmoqda.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum APLning 16 o'yinida maydonga tushgan Visente Guaita 4 uchrashuvda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS