

29 yoshli futbolchi joriy mavsum ijara asosida "Torino" safida o'ynamoqda, ammo yozda Tumanli Albionga qaytadi. Italiya klubi rahbariyati ijarani uzaytirmoqchi edi, ammo "shaharliklar" bunga qiziqmayapti.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" rahbariyati Xartni sotish payida. Angliya terma jamoasi posboni 15 mln. funtga baholanmoqda. Jo Xartning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2019 yilning yozigacha davom etadi.
"Torino"dagilar Xartni xarid qilishdan xursand bo'lishardi, ammo klubning moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan. "Everton", "Vest Xem" va "Chelsi" futbolchini sotib olmoqchi.



