"Manchester Siti" himoyachisi jamoani tark etishga tayyor

Sherzod Nurmatov
25 apr 2023, 15:11
Futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport jamoani tark etmoqchi, deya xabar berdi "Footmercato". 

"Barselona" uni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

O'yinchi o'ynash uchun kam vaqt olmoqda. 28 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum APLda bor-yo'g'i 8 ta o'yinda maydonga tushdi.

Avvalroq Lyaport o'z holatidan norozi ekani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato