Manchester Siti Gvardiolaning o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi

Khoja
12 iyun 2024, 09:19
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola kelasi mavsumdan so'ng shaharliklarni tark etishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.

Shu sababli, Manchester jamoasi ispaniyalik mutaxassisning o'rniga o'rinbosar topib qo'yishdi. Inglizlar Gvardiolaning o'rniga yana bir Ispaniya vakili Xabi Alonsoni jamoaga olib kelishni reja qilishmoqda.

Aynan Bayer ustozi kelasi mavsum uchun Man Sitini boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.

Gvardiola shaharliklarni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 16 ta sovrin yutishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com