"Manchester Siti" futbolchisi "Real"da to'p tepishni orzu qiladi

Omonjon To`xtamirzayev
21 fev 2022, 14:38
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva kun kelib "Real Madrid" safida maydonga tushishni orzu qiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 27 yoshli portugaliyalik futbolchi o'tgan yoz Madridning "Atletiko"si safida paydo bo'lishi mumkin edi, lekin yakunda Angliya klubida qolgandi. Aynan "Real" Silva uchun qolganlardan ajralib turgan variant bo'lgan. Portugaliyalik futbolchi "qirollik klubi"da o'ynashni orzu qiladi. "Qaymoqranglilar" Luka Modrich va Toni Kroos bilan vaziyatni inobatgga olib, Bernardu transferiga qiziqish bildirishi haqiqatga yaqin.

Ushbu mavsum Silva APL doirasida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. YCHLda esa u 6 bahsda 2+2 ko'rsatkichga ega.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal