"Manchester Siti" futbolchisi: "Liverpul APL chempionligiga loyiq"

Alisher
23 mar 2020, 15:24
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko APLdagi vaziyat haqida gapirdi.

Ukrainalik futbolchi joriy mavsum "Liverpul"ni chempionlikka loyiq deb hisoblaydi.

"Bu Angliya chempionati, oxirigacha o'ynashimiz kerak va bizda chempionlik uchun barcha imkoniyatlar bor desam sal noto'g'ri bo'ladi.

Ammo, to'g'ri ko'z bilan qaraydigan bo'lsak, "Liverpul" joriy mavsum butunlay chempionlik uchun loyiq", - deydi Zinchenko.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" bundan oldin ketma-ket 2 bor APL chempionligini qo'lga kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Великий футбол