“Manchester Siti” SSKA muxlislari ustidan UEFAga arz qiladi
24 okt 2013, 10:07
“Manchester Siti” klubi Chempionlar ligasi 3-tur guruh bosqichi o'yinlari doirasida SSKAga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng (2:1), SSKA muxlislari ustidan arz qilib UEFAga rasmiy ariza yuborishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, SSKA klubi muxlislari “shaharliklar” yarim himoyachisi Yaya Turega nisbatan rasizm so'zlarini ishlatib maydonda baralla baqirishgan.
Shu sababli Yaya Ture UEFAdan SSKA muxlislarini maydondan diskvalifikaciya qilishga qaror qilgan.