"Manchester Siti" braziliyalik futbolchining maoshini 2 karra oshiradi

23 noya 2020, 00:51
"Manchester Siti" rahbariyati jamoa hujumchisi Gabriel Jezus bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi. Bu haqda "Daily Star" xabar tarqatdi.

Ingliz klubi braziliyalik o'yinchining maoshini 2 baravar oshirishga tayyor. Jezus "shaharliklar" taklif qilgan yangi bitimga rozi bo'lsa, haftasiga 150 ming funt sterling ish haqiga ega bo'ladi.

Ma'lumot uchun, 23 yoshli forvard "Palmeyras" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Manchester Siti" tarkibiga 2017 yilning yanavarida kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Star