“Manchester Siti” APLda 400-g'alabasiga erishdi

24 noya 2019, 09:13
Angliya premer ligasi 13-turida “Manchester Siti” o'z maydonida “Chelsi” (2:1) ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

Bu “shaharliklar”ning Premer liga doirasidagi 400-g'alabasi, deya xabar bermoqda klubning Tvittyerdagi rasmiy sahifasi.

“Siti” APL klublari orasida ushbu dovonni zabt etgan oltinchi klubga aylandi. Bungacha Premer ligada “Tottenhem” (450), “Liverpul” (541), “Chelsi” (566), “Arsenal” (569) va “Manchester Yunayted” (652) ushbu natijani qayd etishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Манчестер Сити" клуби Твиттер саҳифаси