"Manchester Siti" Angliya terma jamoasi a'zosi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2025, 13:09
"Manchester Siti" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt bilan kelishuvga erishdi, deb xabar berdi "Football Insider".

Manbaga ko'ra, yarim himoyachi "Siti"ga o'tishga rozi, ammo klublar transferni kelishib olmagan. Takidlanishicha, "Nottingem Forest" yetakchilaridan birini sotmoqchi emas.

Gibbs-Uayt 2022 yildan buyon "Nottingem Forest"da o'ynab kelmoqda. 25 yoshli angliyalik 2024/25 yilgi mavsum 38 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider